Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Ajab ermas

Description

Стихотворение Завки (1853-1921) о надежде на светлое будущее, написано 1916 г.

Источник: Zavqiy. Tanlangan asarlar.Ed. H.Razzoqov Toshkent, 1960, 84-89 bb.

Categories

Военное дело Восточные слова Географические названия Государство Завки История Культура Мир Мусульманское образование Нищий Оценка Политика Право и судопроизводство Рай Революция Религия Реформа Самооценка Фергана Хума Шариат

Editor

AE, MB

Text

Bu kunlar boshimizda bir sahob o‘lsa ajab ermas

Munavvar zimnida bir oftob o‘lsa ajab ermas,

Bu davlat suv yuzinda bir hubob o‘lsa ajab ermas,

Ko‘rinsa suratu asli niqob o‘lsa ajab ermas,

Ochilsa pardalar yuzdin hijob o‘lsa ajab ermas.

Nasimi jonfizo bemor tanga, ey sabo yetkur,

Xazon pajmurda bo‘lganlarga san obu havo yetkur,

Qo‘y endi biz bilan begonani bir oshno yetkur,

Gadomiz boshlar uzra soyalar solsun Humo yetkur.

Muqarrardur zamona inqilob o‘lsa ajab ermas.

Shiori shar’ birlan ziynat afzo o‘lsa Farg‘ona.

Tong ermasdurki shahri jannat aso o‘lsa Farg‘ona,

Havosi ruhparvar ham diloro o‘lsa Farg‘ona,

Jahon ahliga go‘yo daf’i savdo o‘lsa Farg‘ona,

Bo‘lib tuprog‘i anbar, suv gulob o‘lsa ajab ermas.

O‘tib bir qarin, aqronim, jahon obod ko‘rgaysiz,

Jahon ahlini zolim haddidin ozod ko‘rgaysiz,

Giriftori alam ermas, hamani shod ko‘rgaysiz,

Burungi o‘tganu ketgan ko‘ngulda yod ko‘rgaysiz,

Qarigan chog‘da Zavqiy bir shabob o‘lsa ajab ermas.