Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Ko‘z ochaylik!

Description

Стихотворение-призыв Завки(1853-1921) к просвещению, написано в 1917 г. март-апрель.

Categories

Ochlik Восточные слова Голод Завки Земледелие и ирригация Искусство Кишлак Кровь Культура Мусульманское образование Народ Наука Нация Оценка Политика Просвещение Религия Самооценка Свобода Село Стихийные бедствия آچليك

Editor

AE, MB

Text

Fursat g‘animat, ahbob, millatg‘a ko‘z ochaylik,

Sa’i ila jonu dilda himmatga ko‘z ochaylik,

Nomus, diyonat istab g‘ayratga ko‘z ochaylik,

Fanni(ng) rivoji birla san’atga ko‘z ochaylik,

Umr o‘tdi zulmat ichra g‘aflatga ko‘z ochaylik!

Ul kunda boshga tushgan savdoni hech unutmang,

Ko‘rgan qiyomat oyin g‘avg‘oni hech unutmang,

Har kimsa ont icharlik da’voni hech unutmang,

Bu vaqt birlan emdi uqboni hech unutmang,

Yurt-elga jonu dildan xizmatga ko‘z ochaylik!

Zulmatda yotgan elni(ng) yondurdilar charog‘in,

Mahkam tuting, bu fursat qiymat aning yarog‘in,

Istang amallik olim-rahbarlarin so‘rog‘in,

Oching aholilarni(ng) g‘aflatda kar qulog‘in,

Bas emdi sustkashlik, jur’atga ko‘z ochaylik!

Istang huquq ilmin, yakrang emish hukumat,

Bo‘lsa rivoj har bir kasbu hunarga ruxsat.

Jonlarg‘a qo‘ysa minnat, istar kishiga rahmat,

Uyqudin uyg‘otinglar hojattalab raiyat,

Bemor asr o‘tti sihhatga ko‘z ochaylik!

Ummidimiz guli ham bu navbahor ochildi,

Qon yoshlar oqqanig‘a yuz lolazor ochildi,

Shod ul, xaloyiq, oxir laylu nahor ochildi,

Sarmast edik hamisha emdi xumor ochildi,

Hushyor o‘lib muvaqqat suhbatga ko‘z ochaylik!

Bitsin, hamiyat aylang, bu xor-zor ochlik,

Aylaydi mehnat ahlin ko‘p bemador ochlik,

Kimni qilib bechora, kimlarni bor ochlik,

Qishlog‘u shahrimizga bo‘lg‘anmi yor ochlik,

Bu shum balo yo‘qolsun, illatga ko‘z ochaylik!

Qonlar to‘kilgach o‘ldi ravnaq fizo hurriyat,

Qildi zamona sayqal, topdi jilo hurriyat,

Qishlog‘u shahr eshitsun, qildi nido hurriyat,

Yo‘l boshladi tutib qo‘l bu rahnamo hurriyat,

Ko‘p yil azob chekkan mehnatga ko‘z ochaylik!

Bo‘lg‘on vakil bizga, ey mutlaqul-inonlar,

Qutlug‘, muborak o‘lg‘ay hol o‘zgarish zamonlar.

Bu xalqqa bo‘lsangiz gar eng yaxshi posbonlar,

Sarf aylang ushbu yo‘lda bosh birla naqd jonlar,

Bir ish qilingki, Zavqiy, hayratga ko‘z ochaylik!