Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Demish xon

Description

Стихотворение поэта Завки (1853-1921) о последнем Кокандском хане Худаяр-хане. Источник: Zavqiy. Tanlangan asarlar. Ed. H.Razzoqov. Toshkent, 1960, 98-99-bb; Yusupov Sh. Xudoyorxon va Furqat. Toshkent, “Sharq”, 1995, 40-b.

Categories

Андижан Арендатор Афтабачи Васика Военное дело Войско Восточные слова Географические названия Государство Завки Земледелие и ирригация История Кауфман Коканд Конфессиональные группы Кровь Культура Маргилан Мусульманин Награда Народ Насриддин Нищий Оценка Политика Право и судопроизводство Раб Религия Самооценка Свобода Связи Сокровища Султан Султан Мурад Урман бик Хан Худояр-хан Шариат Шах

Editor

AE, MB

Text

Chekib hasrat demish xon: shahri Xo‘qandimdin ayrildim.

Inim Sultonmurodbek erdi payvandimdin ayrildim,

Ki Nasriddin degan shahzoda dilbandimdin ayrildim,

Yana O‘rmonbek otliq yaxshi farzandimdan ayrildim,

Boshimda toj, belim uzra – kamarbandimdin ayrildim.

Surub davlat g‘ururin yurtu eldin bexabar bo‘ldum,

Zavolini ko‘rib, do‘stlar, xazondek g‘am bilan so‘ldum.

Gunahsiz nechalar mo‘yu saqolin terdirib yuldum.

Mukofotin ko‘rib, do‘stlar, ajal kelmay, tirik o‘ldum,

Qolib bu yerda g‘amlar birla, xursandimdin ayrildim.

Chiqordim bid’at ishlarni xazina bo‘lsa shoyad deb,

Ijara birla tagjoyi olurdim bo‘lsa shoyad deb,

Xushomadgo‘ylarim o‘rgatdilar xon kulsa shoyad deb,

Faqat bechorayu bexonumonlar o‘lsa shoyad deb,

Yamonlar so‘zi birla yaxshilik pandimdin ayrildim.

Kaufmang‘a murosa deb qilurdim oshnolig‘ni,

Ko‘tardi ul ko‘ngilning xonasidan ro‘shnolig‘ni,

Shariatga solib raxna qilardim behayolig‘ni,

Berib sultonlig‘imni, men sotib oldim gadolig‘ni.

Xazina ichra yaxdonu sanoch ganjindim ayrildim.

Xarob bo‘ldim bu yerda, bilmadim obodliq qadrin.

Kishiga qul bo‘lib bildim bugun ozodliq qadrin,

Ko‘rub mehnat mashaqqatlar, biliblman shodlig qadrin.

Shikorimdan qolib fahm ayladim sayyodliq qadrin.

Qo‘limdin ketti davlat – ohuyi saydimdin ayrildim.

Vasiqa buzg‘onim, albatta boshimg‘a balo bo‘ldi.

Tushib el ichra g‘avg‘o, sho‘ru sharrg‘a mubtalo bo‘ldi,

Ra’iyat tortti tig‘ shohig‘a, naylay behayo bo‘ldi,

Tugab Aftobachi birla hama lashkar ado bo‘ldi.

Zahar bo‘ldi yegan oshim, shirin qandimdin ayrildim.

Maningdek hech musulmon xonavayron o‘lmasun hargiz

Qidirmish – qilmishiga hech pushaymon o‘lmasun hargiz,

Hijolatdin yurak-bag‘ri to‘la qon o‘lmasun hargiz,

Xudoyordek yana hech bandasi xon o‘lmasun hargiz,

Xususan Murg‘inonu Zavqiy, jon Andimdin ayrildim.