Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Farg‘ona <усл.>

Description

Стихотворение поэта Завки (1853-1921) о Фергане. Источник: Yangi bayoz. Toshkent, 1997. Еd.Ahmadjon Madaminov. 144-b)

Categories

Богатство Вакуф Взятка Взятки Восточные слова Выгода Географические названия Город и архитектура Двуличие Завки История Кади Культура Молитва Мударрис Мусульманское образование Награда Народ Оценка Политика Право и судопроизводство Профессиональные группы Развалина Религия Ремесло и промышленность Самооценка Торговец Трущоба Урок Учитель Фергана Ханака Шейх Этнические и племенные группы باى ليك تقوى طاعت سوداگر

Editor

AE, MB

Text

Falak, afsuskim, dastingda obu dona Farg‘ona,

Havodis otashida aylading vayrona Farg‘ona .

Kecha-kunduz, xaloyiq, jahd ila aysh istadingizlar

Mukofotiga bo‘ldi jumlaga g‘amxona Farg‘ona.

Qilib boylikning shukrin, xayru ehson etmadingizlar,

Ko‘rung, oz kunda muhtoj o‘ldilar ehsona Farg‘ona.

Mashoyixlar riyosiz aylamas bir taqviyu toat,

Riyodin xoliy o‘lmay xonaqohu xona Farg‘ona.

Mudarris darsgo‘ylig‘ qilmadi avqofsiz hargiz,

Emas ro‘shnoyi xolis, oldilar moyona, Farg‘ona.

Tamomi qoziyu a’lamning bo‘ldi rishvatu pora,

Hama avqoti bo‘ldi erta-kech sulhona, Farg‘ona.

Hama savdogar ahli birga o‘n foyda talab qildi.

Xarid etmoqda o‘rgandi hama yalg‘ona, Farg‘ona.

Vafo jon do‘stlardin istamangiz, jabr ko‘rgaysiz,

Birodarsiz, qani ahdu qani paymona, Farg‘ona.

Na yalg‘uz bo‘lsa ochlig‘, balki to‘foni balo yog‘di,

Yetimlar nolasidin to‘ldi bir afg‘ona Farg‘ona.

Tuzarga yangi mehmona muammoyi azal tarhin,

Munosib bir bino aylar kelar mehmona Farg‘ona.

Bihamdillahki, Zavqiy, ushbu maydin no‘sh qilding san,

Asiri domi g‘am, bir go‘shpayi mayxona Farg‘ona.