Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Kamenskiy kanturi<усл.>

Description

Стихотворение поэта Завки (1853-1921)о конторе братев Каменских в городе Коканде.Источник: Yangi bayoz. Toshkent, 1997. Ed. Ahmadjon Madaminov.151-b.

Categories

Восточные слова Географические названия Деньги Завки Каменский Кантор Культура Народ Оценка Политика Профессиональные группы Ремесло и промышленность Русские слова Русский Ура-Тюбе Целковый Этнические и племенные группы آخچه

Editor

AE, MB

Text

Kamenskiy kanturi bachchag‘ar nega muncha oxchani oladur?

Bu ne nag‘ma, ne taronadurki, sinuq naqorani choladur.

Bu na aql emish, bu na hush emish, bu zamona mardumin ko‘rung,

Bir o‘rusning sanduqi ohanin debon, oxchasin anga soladur.

Puli borlar yo‘qotib yo‘lin, tili borlar bari gungalak,

Va na ro‘baro‘sig‘a boradur va na mablag‘ini deyoladur.

So‘rasa birov hasana uchun, anga qaydadur bitta so‘lkavoy,

“Keling ertaga, yo‘q edi bukun”, necha kungacha bu xayoladur.

Bu o‘rus emas, o‘zi bir balo, necha xalq jonigadur jazo,

Baxusus ijorachig‘a vabo, bu ishi ajalga havoladur.

Necha bor edi o‘rotepalik kishilar bu ishga harisroq,

Na madori bor, na qarori bor, na yuroladur, na turoladur.

Devona Otamni ko‘rung bukun, qani maymun holig‘a yig‘lasa,

Tong otsa, kishilara indamay, kechalar fig‘on ila noladur.

Kimki hasbi holini so‘rsalar, qiladur javobig‘a sarzanish,

Bu yamon kasal, puli hasratin kishiga degoli uyoladur.

Dedi Zavqiy ushbu fasonani, “Ana, tan oling, mana foyda”,

Desangiz, “Pulumni beroladur”, erta-kech qochib keta qoladur.