Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Bank haqida<усл.>

Description

Стихотворение Завки(1853-1921) о банке. Источник: Yangi bayoz. Toshkent, 1997. Ed. Ahmadjon Madaminov. 152-b.

Categories

Администрация Банк Восточные слова Деньги Заки Кредит Мир Оценка Повестка Потеря Право и судопроизводство Процесc Ремесло и промышленность Русские слова Учет Ущерб Целковый

Editor

AE, MB

Text

Chiqib el arosida bir kasal, qiling otidin hazar, iltimos,

Negakim, jahon eli ko‘rdilar juda ko‘p bo‘lub zarar, iltimos.

Eshiting, alamzada bo‘lsangiz, muni jon qulog‘ida asrangiz,

Urung og‘ziga tishi singudek, desa bir kishi agar iltimos.

Agar oshnolari jonajon, ota-onangiz kabi mehribon,

Ini-og‘a yoki shirinzabon bo‘lsa ham, bo‘lur zahar iltimos.

Ko‘ngul og‘rig‘i tushar o‘rtag‘a, bu aloqadin qiling ehtiyot,

Aning minnatining niholidin xafalik berur samar, iltimos.

“Bu faloniy bonka poviskasi, mana, chislasini ko‘ring”, desa,

Yuzi sarg‘ayib, ko‘zi termulub, ana vahmalik xabar, iltimos.

Bir hakimedin so‘rasam borib, “Marazig‘a marhami yo‘q”, – dedi,

Biling, oning dardiga yo‘q davo, kasalin desa, magar iltimos.

Kridit qani-yu, uchut qani, frason qani, qani so‘lkavoy?

Frotis bo‘lub, ushalib, sinib, qani emdi karru far, iltimos.

Dema lofi do‘stlik urub bukun, bu zamona zarfig‘a sig‘madi,

Qani ushbu ma’raka mardikim, bari moda bo‘ldi, nar iltimos.

Qo‘ya ko‘rma, Zavqiy, pulingni hech, desa ota-onang agar kelib,

Ko‘furuklara ayog‘ing tushub, senga tanbih o‘ldi har iltimos.