Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Qissai Farg‘ona

Description

Стихотворение Завки(1853-1921) о Фергане при большевиках.

Источник: Yangi bayoz. Toshkent, 1997. Nashrga tayyorlovchi Ahmadjon Madaminov. 160-161-bb.

Categories

A’zo Boyon Bug‘doy Qimmatchilik Абдуррашид Адил кур Афганец Афганистан Бек Бог Богатый Богачи Большевик Военное дело Война Восточные слова Высокие цены Газават Географические названия Гишткуфрик Гиштлик масджид Джами Дукан Завки Земледелие и ирригация Зерно Зерновые Кабул Кади Кади Камал Кафир Конфессиональные группы Коран Кровь Магазин Мертвый Мусульманин Мусульманское образование Неверный Оценка Политика Политические и общественные организации Право и судопроизводство Профессиональные группы Пшеница Религия Самооценка Фатва Фергана Флора Хан Член Шура Этнические и племенные группы اعضا اولوك باى بايان بغداى غله قمت چيليك

Editor

AE, MB

Text

Eshiting, qissaye, man aylayin izhor Farg‘ona,

Kuyub, xokistar o‘ldi jumlai bozor, Farg‘ona,

To‘lub, otash bilan bo‘ldi, ko‘rung, gulzor, Farg‘ona,

Chekib ahli bu zolim dastidin ozor Farg‘ona,

Musulmonlar ko‘zig‘a emdi bo‘ldi tor Farg‘ona.

Musallat qildi Xoliq fe’limizdin bolshuviklarni,

Ko‘tardi boshimizdin soya bo‘lg‘on xonu beklarni,

O‘lum chohiga soldi ushbu kofir ko‘p tiriklarni,

Kishi bilmas hisobini kuyub o‘lgon o‘luklarni,

O‘likdin bo‘ldi go‘yo ko‘chalar bozor, Farg‘ona.

Kuyub ikki taraf “G‘ishtlik masjid”din havli, do‘konlar,

Biling, to bu taraf “G‘ishtko‘fruk” ham “Jome’ ”, kaffonlar,

Asar yo‘q rastalardin, kuydurub bu nomusulmonlar,

Kuyub, kul bo‘ldi behad, ko‘p “Daloyil” birla “Qur’on”lar,

Xudodin o‘zga bilmas, bu nechuk asror, Farg‘ona.

Esiz! Bu shahrimiz obod edi, jannat kabi go‘yo,

Ochildi bir falokatxonakim, nomi erur “Sho‘ro”,

Yig‘ilib, necha kunlardin iborat qildilar a’zo.

Berib ushbu akobirlar “G‘azot farz bo‘ldi” deb fatvo,

Urushti besaru tan mardumi nochor Farg‘ona.

Qadam qo‘ydi necha bir fitnajo‘lar kori bejoga,

Sabab bo‘ldi kasofatlar bu yanlig‘ sho‘ru g‘avg‘oga,

Qochib, ig‘voni qo‘zg‘ab, o‘zlari cho‘l, dashtu sahroga,

Qilib olamni vayron, kelgusi oxir tamoshoga,

Ko‘rinmas ko‘zga hargiz, qil nazar, osor Farg‘ona.

Berib fatv, “Urushinglar!” demay qozi Kamol o‘lsun,

Hamani yo‘ldin ozdurgon oshal fosidxayol o‘lsun,

Yana Abdurrashid xangiyi xardek oqsaqol o‘lsun,

Bo‘lub “Sho‘ro”da a’zo, betamiz bir necha mol o‘lsun,

Bular zulmi bilan bo‘ldi, biling, murdor Farg‘ona.

Kima dod aylayin, ahli hukumat bo‘lsa Odil ko‘r,

Ko‘p odam qoniga zomin bo‘lub bu ahli johil ko‘r,

Urushni boshladi, qochti, o‘zi bo‘lmay muqobil ko‘r,

Qochib ketti axiri bo‘lmay, Afg‘on ichra Kobul, ko‘r,

Yurub g‘urbatda, hargiz ko‘rmasun diydor, Farg‘ona.

Qolib otash ichinda, bo‘ldi yakson molu dunyolar,

Bo‘lub hoku turob g‘ishtlik imorat, mulk ila jolar,

Egildi qomati javru sitamdin qaddi bololar,

Azalda bor ekan peshonamizda ushbu savdolar,

O‘ziga kelmay yuz yilda ham dubor Farg‘ona.

Bu ishlar barchasi o‘z fe’limizdin bo‘ldi, yoronlar,

Qamab anboriga bug‘doy, jo‘xori necha boyonlar,

Tilab qimmatchilikni doimo bu g‘alla yiqg‘onlar,

Yo‘qoldi o‘rtamizdin rahmu shafqat, xayru ehsonlar,

Muruvvat o‘rniga qon to‘ktilar xunxor, Farg‘ona.

Hasad birlan xarob o‘ldi, darig‘o, shahrimiz oxir,

Hamani xonavayron ayladi bu rahmi yo‘q kofir,

Ajab yo‘q, rahm qilsa, holimizga Haq o‘zi qodir,

Netarmiz, harna qilsa, kori Haqg‘a bo‘lmayin sobir,

To‘kuldi, oqibat, to‘lg‘on edi bisyor Farg‘ona.